Bo'limlar

...

Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazining vazifalari quyidagilardan iborat:

Filial kutubxonasining  istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini ta’minlash;

axborot-resurs markaziga taalluqli normativ hujjatlar va texnologiyalarni ishlab chiqishda va ularni amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etish;

elektron bazadan foydalangan holda, axborot-resurs markazi xizmati ko‘rsatishning yangi turlaridan foydalanishni ta’minlash;

tinglovchilarning talabiga muvofiq adabiyotlar berilishi va qabul qilishini amalga oshirish, qoniqtirilmagan so‘rovlarning tahlilini olib borishda uning yo‘nalishi va texnologiyasiga muvofiq ravishda axborot-kutubxona ishi jarayonlari bilan ta’minlash faoliyatini bajarish;

tinglovchilarga bibliografik ma’lumot va axborotlar etkazib berish;

tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish va tinglovchilarga etkazish;

tinglovchilarni yangi asarlardan individual va jamoaviy tarzda xabardor etish;

filial tinglovchilarining mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish

filial xodimi, tinglovchilar va pedagoglar jamoasi orasida milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni, sportning yutuqlari, ilg‘or ta’limiy tajribalar yoritilgan manbalarni keng targ‘ib qilish;

filial tinglovchilarining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish;

axborot-resurs markaz xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, uni texnik jihozlash bo‘yicha markaz direktoriga taklif kiritish;

tinglovchilar uchun konferensiyalar, seminarlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;

kutubxona kirim qilingan kitob va gazeta-jurnallarni saqlanishi, tinglovchilarning foydalanishi uchun sharoit yaratish;

filial o‘qituvchilari, barcha xodimi va tinglovchilariga zamonaviy kutubxona hamda axborot-resurs xizmati ko‘rsatish;

filial xodimi, tinglovchilar va pedagoglar jamoasi orasida milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni, sportchilarning yutuqlari, ilg‘or sport maktablari tajribalari va xalqaro sport arenalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan taniqli sportchilar haqidagi manbalarni keng targ‘ib qilish uchun imkoniyatlar yaratish  foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida axborot-resurs markazlari va kutubxonalar bilan hamkorlik olib borish;

markazning internet tarmog‘idagi veb-resurslarini doimiy tarzda yangilab borilishini ta’minlash;

internet tarmog‘i orqali turli forumlar o‘tkazish ishlarini amalga oshirish;

o‘quv-uslubiy majmualar, elektron darsliklar, video darsliklarni axborot-resurs markazi fondiga kiritib borish;

mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish;

filial mol-mulkining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

 filial faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;

Kutubxonaning zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Samarqand filial axborot resurs markazining hozirgi  umumiy kitob fondi 8220 donani tashkil etadi. Shundan:

-darslik 33 nomda - 546 ta

-o‘quv qo‘llanma - 108 nomda - 602 ta

-uslubiy qo‘llanma -94  nomda - 588 ta

-badiiy adabiyotlar - 202 nomda -453 ta

-na’munaviy dastur - 57 nomda 290 ta

-monografiya - 22 nomda 68 ta

-tavsiyanoma - 6 nomda 27 ta

-uslubiy ko‘rsatma 30 nomda 119 ta

-lug‘at 4 nomda 38 ta

-siyosiy adabiyot 10 nomda 124 ta

-o‘quv-uslubiy tavsiya 24 nomda 2464 ta

-o‘quv-uslubiy qo‘llanma 36 nomda 320 ta

-boshqa adabiyotlar 9 nomda 277 ta

-xorijiy adabiyotlar 171 nomda 2304 ta

2025-yil 1-iyun kuniga qadar filial professor-o‘qituvchilar tomonidan 2022-2023-2024-yillarda yaratilgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar 5 nusxadan ARM ga taqdim etildi, filiall professor-o‘qituvchilar tomonidan filial kutubxonasi uchun 66 nomdagi 250 ta darslik,  uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar taqdim etilgan. 2025-yil 1-iyun oyigacha  a’zolar soniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak bugungi kunga qadar 3338 ta tinglovchilar kutubxonaga onlayn va oflayn shaklda a’zo bo‘lgan. Filialda yangi elektron kutubxona shakllantirildi ya’ni,| (https://sportedusf.uz/kutubxona) bu elektron sayt orqali 546 nomdagi elektron kitoblardan foydalanish mumkin va Samarqand filiali elektron kutubxonasi nomli telegram kanali tashkil etilgan bo‘lib, https://t/me/sf_kutubxona ilovasi orqali hozirda 1400 ga yaqin elektron adabiyotlar va audio kitoblardan foydalanish mumkin va yangi adabiyotlar bilan boyitilmoqda. Elektron kutubxonaga tinglovchilarni a’zo qilish keng tadbiq etilayapti.

Samarqand filiali 2025-yil uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘mga 450 dona badiiy adabiyotlar xarid qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2025-yil may oyida 35 nomdan iborat 85 ta kitob xarid qilindi. Filialning ARMda hozirgi kunda 6 dona kompyuter, 1dona printer, 1 dona televizor, 1 dona ovoz kuchaytirish uskunasi mavjud.