
Fatima Ashurovnaga ilmiy unvon muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali jamoasida quvonchli kun, sababi filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Batirova Fatima Ashurovnaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 8-maydagi 370/1-son bayonnomasiga asosan dotsent ilmiy unvoni filial direktori falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.Mamarasulov tomonidan topshirildi.
Hurmatli Fatima Ashurovna dotsentlik ilmiy unvoningiz muborak bo‘lsin, filial jamoasi keyingi ilmiy-ijodiy ishlaringizga omad tilaydi.