“Harakatli oʻyinlar orqali sport turlari elementlarini o‘rgatish” modulidan amaliy dars tashkil qilindi
2026-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti v.b Z.Tangirov tomonidan Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Harakatli oʻyinlar orqali sport turlari elementlarini o‘rgatish” modulidan amaliy dars tashkil qilindi.
Harakatli oʻyinlar jismoniy tarbiya darsida hamda sinfdan tashqari mashgʻulotlarda keng qoʻllanilishi ta’kidlanib, amalda bir qancha o‘yinlar tinglovchilar tomonidan bajartirildi.
