Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari guruhiga pedagogik amaliyot darsi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchi (PhD) A.Toshpo‘latovaning jismoniy tarbiya yo‘riqchilari guruhiga pedagogik amaliyot darsi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu amaliy mashg‘ulot Navoiy shahridagi 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi.
