Yangiliklar

...

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2025-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida Samarqand shahar 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti I.Hamdamov ishtirok etdi hamda “Bayrog‘imiz-faxrimiz” mavzusida ma’ruza qildi.