Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok erishdi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025-yil 17-18 noyabr kunlari o‘tkazilgan “Innovatsion, raqamlashgan va globallashgan jamiyatda jismoniy tarbiya va sportning oʻrni va vazifalari” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.Rafiyev, R.Soxibnazarov, J.Axmedovlar ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etdilar.
Mazkur anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilindi:
1-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sport ta’limi o‘quv hujjatlarini innovatsion yondashuvlar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish;
2-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sport ta’limini umuminsoniy qadriyatlar asosida takomillashtirishning zamonaviy talablari;
3-sho‘ba: Jismoniy tarbiya, va sportning iqtisodiy, falsafiy va ijtimoiy muammolari va yechimlari;
4-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sportning shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalar va ilg‘or tajribalar.
Ushbu anjuman jamiyatda jismoniy tarbiya va sport o‘rni va ahamiyatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash, yechimlar ishlab chiqish hamda ilg‘or ilmiy yondashuvlar, texnologiyalar va xalqaro tajribalarni integratsiya qilish orqali sohaga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.
