Yangiliklar

...

Samarqand filialida ilmiy-uslubiy seminar o‘tkazildi

2025-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi  Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Filial professor-o‘qituvchilarining ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportning ta’limiy-uslubiy hamda tashkiliy faoliyati bilan yaqindan tanishishning o‘z salohiyatlarini yuksaltirishga ijobiy ta’siri” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarni kirish so‘zi bilan o‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Mamadaliyev boshlab berdi, so‘ngra professor-o‘qituvchilar X.Rafiyev, R.Sohibnazarov, O.A’zamxonov, F.Eshnazarova, S.Yaxyayevalarning axboroti tinglandi.

Seminar yakunida fikr-mulohazalar almashildi.