Yangiliklar

...

Samarqand viloyatida amaliy imtihonlar boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining 2025-yil 19-oktabrdagi "Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining amaliy imtihon jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida" gi 01/1712-A/F-son  buyrug‘i asosida Samarqand viloyatida amaliy imtihonlar boshlandi.

Mazkur imtihonda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Saydullayev Zafar Erkinovich Samarqand shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida ushbu amaliy jarayonlarga yaratilgan sharoit hamda belgilangan tartib asosida tashkil etilayotganligini kuzatmoqda.

Ushbu amaliy imtihonlar 12-20-noyabr kunlari barcha viloyatlarda tashkil etiladi.