
“Sport estetikasi” nomli uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti oʻtkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining topshirig‘i asosida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikka doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida juma kuni “Kitobxonlik kuni” deb belgilandi.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 2-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali axborot-resurs markazi boshligʻi Sh.Botirboyeva tomonidan filial tinglovchilari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida kitobxonlik soati tashkil qilindi.
Unda, “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti S.Yaxyayeva tomonidan tayyorlangan “Sport estetikasi” nomli uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti oʻtkazildi.