Yangiliklar

...

“Sport jarohatidan keyingi reabilitatsiya hamda sportchilarning mashgʻulotlar va musobaqa yuklamalaridan keyingi reabilitatsiyasi” mavzusida seminar-trening o'tkazildi

2025-yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor Z.F.Mavlyanova, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.T.Egamova va assistent F.V.Xudoykulovalar “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yoʻnalishi tinglovchilariga “Sport jarohatidan keyingi reabilitatsiya hamda sportchilarning mashgʻulotlar va musobaqa yuklamalaridan keyingi reabilitatsiyasi” mavzusida seminar-trening va “Xitoy xalq tabobati vositalaridan foydalanish” bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi.

Seminar-trening va mahorat darsi yakunida tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.