
Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi
![]() |
Begimqulov Zarif Axmadovich
|
Kafedraning vazifalari quyidagilardan iborat:
kafedralarning yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
malaka oshirishning shakllari bo‘yicha davlat ta’lim talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalar asosida tinglovchilar bilan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazishni hamda ta’lim sifatini ta’minlash;
tarkibidagi pedagog xodimlar tomonidan shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarning bajarilishini ta’minlash;
darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarilishi va ta’lim berish jarayoni vaqtida xodimlarining hayoti va sog‘lig‘idan xabardor bo‘lish;
kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
tinglovchilarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish hamda tinglovchilarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
filial kafedralarining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Ilmiy salohiyat: Bugungi kunda kafedrada 23 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatib kelmoqda, ulardan: professorlar 2 nafar, fan doktori (DSc) dotsentlar 1 nafar, fan nomzodi dotsent 1 nafar, falsafa doktori (PhD) dotsentlar 4 nafar, falsafa doktorlari (PhD) 5 nafar, dotsentlar 3 nafar, katta o’qituvchi 1 nafar va oʻqituvchi 1 nafarni tashkil etadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 69,6 % ni tashkil qiladi.
O‘quv–uslubiy ishlar: 2025-yili yanvar-iyun oylarida kafedrada 2 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta uslubiy koʻrsatma tayyorlandi.
Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 2025-yil yanvar-iyun oylari mobaynida OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida 18 ta, xalqaro jurnallarda 13 ta (shundan 1 ta Scopus), boshqa jurnallarda 3 ta, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda 12 ta, xalqaro konferensiyalarda 23 ta, jami 69 ta ilmiy maqolalar nashr etilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan kafedra professor- o‘qituvchilar:
Mamarasulov Ulugʻbek Umirzoqovich - 09.00.02-“Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika)” ixtisosligidan falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekistonda sport faoliyatini rivojlantirishning madaniy-axloqiy muammolari”. Ilmiy maslahatchi: Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Komilov Ro‘zi Rabiyevich.
Yaxyayeva Sojida Abduraximovna - 13.00.01. Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan “Genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar - Buxoro davlat Universiteti “Pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Olimov, OAK byulletenining 2023-yil 2-soni)
Eshnazarova Farida Jo‘raqulovna - 19.00.05. Psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan “Sportchi emotsional holatini boshqarishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida psixologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy maslahatchi - Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori O.E. Hayitov, OAK byulletenining 2023-yil 2-soni)
Begimqulov Zarif Axmadovich - 13.00.02. –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) ixtisosligidan “Ta’lim tizimida jadidchilik harakatini o‘qitish metodikasi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy maslahatchi –Pedagogika fanlari doktori, professor B.X.Xodjayev)
Mamadaliyev Mansurjon Mamajonovich - 09.00.02. - “Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika)” ixtisosligidan “O‘zbek milliy an’analarining jamiyat axloqiy-estetik taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar - Samarqand davlat chet tillar instituti professori, falsafa fanlari doktori O.M.G‘aybullayev, OAK byulletenining 2024-yil 2-soni)
Boboyorova Nilufar Saydullayevna - 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan “Virtual ta’lim muhitida anorganik kimyo fanini sun’iy intellekt asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar-Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti professori, kimyo fanlari doktori G.A.Ixtiyarova).
Ishonkulov Ashraf Kurbonkulovich - 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini oshirishni informal ta’lim yondashuvi asosida takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar– Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Ibraymov Askar Yesbosinovich).
Xakimov Xalim Nasimovich - 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix, falsafa, filologiya va pedagogika fanlari) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”. Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Raximova Mohinabonu Abduxamid qizi.