Yangiliklar

...

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2025-yil 29-oktabr kuni Termiz davlat pedagogika institutida “Globalizatsiya sharoitida ta’lim tizimida jismoniy tarbiya hamda boshqa fanlarning integratsiyasi: zamonaviy yondashuvlar va innovatsion tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyaga O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxasislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali  “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari zoom platformasi orqali ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.