Yangiliklar

...

“Yosh sportchilarga boks texnikasi va taktikasini o‘rgatish” mavzusida seminar tashkil etildi

2025-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti v.v.b R.Sohibnazarov tomonidan Boks guruhi tinglovchilariga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, xalqaro toifadagi hakam Rustam Aliyev ishtirokida “Yosh sportchilarga boks texnikasi va taktikasini o‘rgatish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda R.Aliyev tomonidan boks bu eng murakkab sport turlaridan biri ekanligi, jangdagi o‘zgarib turadigan holat, bokschining tez va aniq bir to‘xtamga kela olishi va shu bilan birga o‘z o‘ylarini ro‘yobga chiqarishini talab etishi, bokschi epchil, aniq, tez bo‘lishi va o‘zini yaxshi boshqara olishi, har qanday holatdan chiqib keta oladigan bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.