Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Ilm - kambag'alga boylik, boyga esa ziynatdir!
Ali ibn Abu Tolib
Xalifa
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Alisher Navoiy
Shoir
Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
Asqad Mukhtor
Adib
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
“Gandbolchilarni tayyorlash jarayonida murabbiyning psixologik omillarini rivojlantirishni tadbiq etish”
Muallif: Qo'shnazarov O'ral Muxammadi
Nashriyot: "Sport faoliyati" gandbol
Chop etilgan yili: 2016
Ta‟limdagi yangilanish ta‟lim jarayoni orqali o„quvchini o„z kelajagini
yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o„z taqdiri va o„z shaxsiga ongli
munosabatda bo„lib, turli faoliyatlarda o„zini-o„zi rivojlantira oladigan erkin faol
va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko„zda tutadi. Mustaqillik tufayli o„z
taraqqiyot yo„lidan borayotgan O„zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo„layotgan
voqea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada
yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o„rgangan yoshlarni tarbiyalash uchun keng
imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.
Yosh avlodni yuksak ma‟naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil
mamlakatimizning ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari etib tarbiyalash
uzluksiz ta‟lim tizimining dolzarb vazifasi bo„lib hisoblanadi. Prezidentimiz
I.A.Karimov O„zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining 17 yilligiga
bag„ishlangan ma‟ruzasida ta‟kidlaganidek: “Jamiyat bugun unib-o„sib kelayotgan
farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bo„lib hayotga kirib borishini o„zi
uchun eng ulug„, kerak bo„lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi”.
ko'rildi: 156, yuklab olindi: 209
Yuklab olish