Filial tarixi

...

Filial tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 658-sonli qaroriga muvofiq 2019-yilning yanvar oyidan boshlab, Samarqand shahar, choʻponota koʻchasi, 13-A uyda oʻz faoliyatini boshladi.

Filialning asosiy maqsadi maktabgacha taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari, umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar maktablari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, sport taʼlim muassasalarining trenerlari malakasini oshirish hamda ilmiy-metodik xizmat koʻrsatishdir.

Filialda hozirgi kunda sport boʻyicha mutaxassislarning kasbiy, maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish, sport tizimini ilmiy-metodik taʼminlash, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish yoʻlida “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi, “Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish” boʻlimi hamda "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitishni tashkil etish" boʻlimlari, “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” va “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti ” kafedralari va professor-oʻqituvchilari tomonidan izlanishlar olib borilmoqda.