Korrupsiyaga qarshi kurashish

...

Korrupsiyaga qarshi kurashish

2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Samarqand filialida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida “Korrupsiya-jamiyat taraqqiyotining kushandasi”  mavzusida seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda filial direktori U.Mamarasulov hamda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri Z.Begimqulovlar tomonidan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’siri yuzasidan keng tushunchalar berildi, fikr-mulohazalar almashildi.

 

2025-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Samarqand filialida tinglovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Korrupsiya-jamiyat taraqqiyotining kushandasi”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirga Samarqand viloyati IIB xodimi, mayor I.Meliqulov taklif qilindi. Ma’ruzachi tomonidan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’siri yuzasidan keng tushunchalar berildi.