Yangiliklar

...

Tarix — milliy o‘zlik va ma’naviyat manbai

2026-yil 6-oktabr kuni Institutning Samarqand filiali tinglovchilari dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Navoiy viloyati tarixi va madaniyati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeyga tashrif davomida tinglovchilar vohaning boy tarixi, qadimiy madaniyati, milliy merosi hamda ajdodlarimizdan qolgan noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tinglovchilarning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlarga hurmati va madaniy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladi.