Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.
Sa’diy Sheroziy
Shoir, adib va mutafakkir
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Alisher Navoiy
Shoir
Ilmsiz din ko‘r, dinsiz ilm oqsoqdir.
Albert Eynshteyn
Olim
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
KORRUPSIYA – IJTIMOIY XAVFLI ILLAT
Muallif: Hasanov, A. X.
Nashriyot: Ташкент ChP "Umid Design"
Chop etilgan yili: 2021
O‘quv qo‘llanmada muallif sport ta’lim muassasalari
mutaxassislarining yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
shakllantirish, ularda korrupsiyaga qarshi qat’iy qarshi pozitsiyani va
korrupsiyaga qarshi kurashishni tarbiyalash, o‘quv mashg‘ulotlari
jarayonida huquqiy yo‘nalishdagi qadriyatlarni tinglovchilar qalbi va
ongiga singdirish masalalariga e’tibor qaratadi.
Muallifning ta’kidlashicha, sportchi o‘quvchilarning huquqiy
madaniyati ularning huquqiy bilimlari, ko‘nikmalari, korrupsiya
holatlariga munosabatlari, ma’naviy-huquqiy qadriyatlar asosidagi
qarashlari, xulq - atvorlari yig‘indisi, shuningdek, huquq talablariga rioya
etish va shaxsiy ijtimoiy faol pozitsiyalari ifodasidir.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada sport ta’lim muassasalari o‘quvchilarining
huquqiy madaniyatini shakllantirish, ularning korrupsiyaga qarshi kurash
pozitsiyalarini hosil qilish masalalariga keng o‘rin ajratilgan. Shuningdek,
qo‘llanmada sport ta’limi jarayonlarini tashkil etishning huquqiy asosi
sifatida qonun xujjatlarining mazmuni va mohiyati yoritib berilgan. Sport
ta’limining normativ huquqiy asosi sifatida qonun osti xujjatlarining o‘rni
va roli masalasi ham uslubiy qo‘llanmada rasmiy hujjatlar asosida
o‘rganilgan
ko'rildi: 286, yuklab olindi: 310
Yuklab olish