Elektron kutubxona

Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546

ANATOMIYA

Muallif: Safarova D.J.
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016

O’zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturi", Davlat 
dasturining 30-bandiga binoan "Uzluksiz ta'lim tizimida (maktablar, o’rta-maxsus, kasb-xunar 
ta'limi muassasalari, oliy o’quv yurtlarida  yangi  standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash", "Oliy 
ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi" 
Nizomi xujjatlariga muvofiq xolda talabalarga mutahasislik yo’nalishlari bo’yicha bilimlar berib 
qolmay, balki har tomonlama yetuk shaxslarni tarbiyalash, shu bilan bir qatorda ularni ma'naviy-
marifiy va jismoniy jixatdan xam barkamol inson sifatida shakllanishlariga asosiy e'tibor 
qaratilmoqda. Xozirgi zamon bosqichida oliy maktabining islox qilinishi - sport  amaliyoti ishlarida 
samaradorlikni oshirishga sodir bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash borasida sifatga e'tibor berishni 
ko’rib chiqish va xal qilishni talab qiladi. Bugungi jamiyat xayotida mutaxassislarni sifatli 
tayyorlash - bu iqtisodiyot bozorida raqobatdosh mutaxassislarni kamol toptirishda, xox ishlab 
chiqarish, xox sog’lomlashtirish bo’lsin, xox oliy musobaqalarda ishtirok eta oladigan 
sportchilarni tayyorlash, jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirish yo’llarini bila olish va joriy 
etishni qila bilishdan iborat.  
 Sport va tibbiyotdagi progress anatomiya fani oldida sport amaliyoti muammolarini yechishda 
morfologik asoslarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Natijada quyidagi tavsiya etilayotgan 
dasturda odam organizmining anatomik tuzilishi xaqidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda dinamik 
anatomiya bo’limida xozirgi zamon ilmiy ma'lumotlari keltirilgan. Sport amaliyotida keng 
qo’llaniladigan turli xolat va xarakatlarning bajarish texnikasi samadorligini oshirish uchun talaba 
anatomik bilimlari asosida tayanch-xarakat apparati ishini va jismoniy yuklamalar ta'sirida turli 
morfo-funksional tizimlardagi rivojlanadigan o’zgarishlarni taxlil qila oladi. Anatomiya fani 
tibbiyotning nazariy asosini tashkil qiladi, odam organizmining tuzilish va rivojlanish 
qonuniyatlarini uning funksiyalari hamda tashqi muxit ta'siroti natijasidagi o’zgarishlari bilan uzviy 
bog’liq xolda o’rganadi. 
 Anatomiya fanning asosiy maqsadi inson tanasining faqat biologik qonuniyatlarinigina 
o’rganish bilan cheklanmaydi, balki jismoniy faoliyatni inson tanasining makro - va 
mikrostrukturasiga ta'siri tekshiriladi, uning filogenetik va ontogenetik rivojlanishi bilan uzviy 
bog’liq xolda o’rganiladi.

ko'rildi: 182, yuklab olindi: 765

Yuklab olish