Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
Asqad Mukhtor
Adib
Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.
Sa’diy Sheroziy
Shoir, adib va mutafakkir
Ilmsiz din ko‘r, dinsiz ilm oqsoqdir.
Albert Eynshteyn
Olim
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI
Muallif: Djalilova L.A. Xolmurodov L.Z.
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016
O’zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning samarali
natijasidir. Mamlakatimiz qudratini belgilaydigan eng asosiy omillardan biri bu shu yurtda
yuksak ma’naviyatli, jismonan va ruhan sog‘lom, har tomonlama barkamol avlodni
tarbiyalash masalasidir.
Ma’naviy barkamol va jismoniy sog’lom insonni tarbiyalashning muhim vositasiga
aylangan sport olimpiya go’yalari va olimpiya qadriyatlarini keng targib etishga xizmat
qilmoqda. Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, yuksak intellektual salohiyat, zamonaviy
bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan barkamol avlodni
tarbiyalash asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Bu yo‘nalishdagi ishlar talaba-yoshlarda
zamonaviy dunyoqarash, ularning ongiga vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, o‘z Vataniga xizmat qilish kabi yuksak tuyg‘ularni kamol toptirishga
qaratilgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar
natijasida, milliy ta’lim dasturiga binoan jismoniy tarbiya va sport sohasiga yuksak
intellektual salohiyatga ega bo’lgan, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash ishlari
yo’lga qo’yildi.
Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va
olimpiya harakatining xususiyatlarini, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya sporti
rivojlanishinining raqamli ko’rsatkichlarini qiyosiy tahlili, jismoniy tarbiya, ommaviy sport va
olimpiya harakatining uzluksiz tizimlarinini shakllanish jarayonlarini o’rganish eng dolzarb
masalalarga kiradi.
ko'rildi: 249, yuklab olindi: 1768
Yuklab olish