Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Alisher Navoiy
Shoir
Ilmsiz din ko‘r, dinsiz ilm oqsoqdir.
Albert Eynshteyn
Olim
Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
Asqad Mukhtor
Adib
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
TENNIS NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Muallif: Abdalimov O.X Axmedova N.I. Azamatova N.I.
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016
O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari doirasida
rivoj topayotgani ushbu soha bo`yicha kadrlar tanlash, o`qitish va tayyorlash sifatini oshirish
masalasini muhim strategik jarayonga aylantirmoqda. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda
“Ta’lim to`g`risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi
qonunlar hamda shu sohani rivojlantirish bo`yicha I.A. Karimov tomonidan qabul qilingan
Farmonlar va hukumat qarorlarida qayd etilgan dolzarb vazifalarga asoslanish o`ta zarur shartlardan
biridir.
Malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ustuvor jihatdan zamon talablariga mos ta’lim
standartlari va o`quv dasturlarini yaratish, shaklantirish hamda ta’lim jarayonida innovatsion
texnologiyalardan keng foydalanish choralariga bevosita bog`liqdir.
“Tennis nazariyasi va uslubiyati” fani talabalarni O`zbekistonda va Jahonda tennisni
rivojlanishi, tennisga o`rgatish (o`qitish) nazariyasi va uslubiyati, tennischilarni tayyorlash
jarayonini boshqarish masalalari bo`yicha yetarli va zarur bo`lgan bilimlar bilan ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya va sport, xususan tennis bo`yicha o`qituvchilik, murabbiylik va tashkilotchilik
ishlarini tashkil qilish hamda ushbu jarayonlarni mustaqil boshqarish malaka va ko`nikmalarini
o`zlashtiradilar, tennis bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritish malakalarini shakllantiradi. Dastur
materiallarini o`zlashtirish jismoniy tarbiya va sport bo`yicha bo`lajak kadrlarning ma’naviy-
madaniy xislatlarini shakllanishiga, ularni tanlagan kasbiga bo`lgan qiziqishini kuchayishiga ijobiy
ta’sir ko`rsatadi, kasbiy-pedagogik bilim, malaka va ko`nikmalar bilan qurollantiradi, yetuk
mutaxassis va shaxsga xos xislatlarini shakllantiradi, trenerlik va tashkilotchilik faoliyatiga ijodiy
yondoshish faolligini jadallashtiradi.
ko'rildi: 181, yuklab olindi: 693
Yuklab olish