Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hech bir zaxmatsiz etkazadi.
Abu Lays Samarqandiy
Qonunshunos va ilohiyot olimi
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Alisher Navoiy
Shoir
Ilmsiz din ko‘r, dinsiz ilm oqsoqdir.
Albert Eynshteyn
Olim
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
ESHKAK ESHISH NАZАRIYASI VА USLUBIYATI
Muallif: Ikromov B.F.
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016
Jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi sog’lig’ini mustahkamlash,
yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi, vatanparvarlik va umuminsoniy hamda milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash, jismonan sog’lom, ma`nan yetuk, o’zining hayotiy pozitsiyasiga ega, atrofda yuz
berayotgan jarayonlarga mustaqil fikr yuritadigan yoshlarni tarbiyalash mamlakatimizda jismoniy
tarbiya va sport sohasidagi islohatlarning muhim va asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Jahon hamjamiyatida O’zbekistonning nufuzini oshirishda, yurtimizni dunyoga tanitishda,
qolaversa, mamlakatimizda barcha sohalarda izchil va tizimli ishlarning olib borilayotganini
namoyon etishda, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlashda fanning o’rni beqiyosdir.
Hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasining barcha bo’g inlarini etuk va malakali
kadrlar bilan ta'minlash muhim va ustivor vazitalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston davlat
jismoniy tarbiya institutida “Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati” fani eshkak eshish sporti turlari
bo’yicha pedagog-murabbiylarni tayyorlashda asosiy ixtisoslik fani sifatida o ’qitiladi. Talabalarda
jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni mukammal
o’zlashtirish imkonini beradi. Bo’lajak kadrlarni ta ’lim muassasalari, B’OSM lar, jismoniy tarbiya
va sport tashkilotlarida zarur bo’lgan kasbiy, ilmiy-pedagogik va tashkilotchilik qobiliyatlarini
shakllantiradi.
ko'rildi: 169, yuklab olindi: 197
Yuklab olish