Elektron kutubxona

Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546

SUZISH NАZАRIYASI VА USLUBIYATI

Muallif: Salimgareyeva R.R.
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016

Jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi sog’lig’ini 
mustahkamlash, yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi, vatanparvarlik va umuminsoniy 
hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, jismonan sog’lom, ma`nan yetuk, 
o’zining hayotiy pozitsiyasiga ega, atrofda yuz berayotgan jarayonlarga mustaqil fikr 
yuritadigan yoshlarni tarbiyalash mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport 
sohasidagi islohatlarning muhim va asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi. 
Jahon hamjamiyatida O’zbekistonning nufuzini oshirishda, yurtimizni dunyoga 
tanitishda, qolaversa, mamlakatimizda barcha sohalarda izchil va tizimli ishlarning 
olib borilayotganini namoyon etishda, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlashda 
fanning o’rni beqiyosdir. 
Hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasining barcha bo’g inlarini etuk va 
malakali kadrlar bilan ta'minlash muhim va ustivor vazitalardan biri hisoblanadi. 
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida “Suzish nazariyasi va uslubiyati” fani 
suzish sporti turlari bo’yicha pedagog-murabbiylarni tayyorlashda asosiy ixtisoslik 
fani sifatida o ’qitiladi. Talabalarda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid kasbiy-
pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni mukammal o’zlashtirish imkonini beradi. 
Bo’lajak kadrlarni ta ’lim muassasalari, B’OSM lar, jismoniy tarbiya va sport 
tashkilotlarida zarur bo’lgan kasbiy, ilmiy-pedagogik va tashkilotchilik qobiliyatlarini 
shakllantiradi. 

ko'rildi: 236, yuklab olindi: 1211

Yuklab olish