Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Alisher Navoiy
Shoir
Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
Asqad Mukhtor
Adib
Ilm - kambag'alga boylik, boyga esa ziynatdir!
Ali ibn Abu Tolib
Xalifa
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
KURASH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Muallif: Tastanov N.A.
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016
Ushbu o‘quv dasturida kurash turlarining rivojlanish tarixi, kurash turlariga oid ko‘nikma va
malakalar, harakatlar texnikasi va taktikasi, dastlabki harakatlarga o‘rgatish, musobaqalarni tashkil
etish va o‘tkazish, hakamlik qilish, kurash turlarida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlar, o‘kuv-
mashg‘ulot yig‘inini tashkillashtirish va o‘tkazish, tayyorgarlikning ko‘p yillik bosqichlari,
musobaqa foaliyatini pedagogik nazorat va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarini o‘z ichiga
oladi. Kurash sport turida asosiy maqsad raqibni mag‘lubiyatga uchratish xisoblanadi. Musobaqa
vaqtida kurashchilar mag‘lub qilovchi tajavuskor xarakatlarini amalga oshirib, ko‘p ta’sir
korsatadilar. Shuning uchun xam ko‘plab tajribali va mohir kurashchilar qiyin xolatda xam raqibini
mag‘lubyatka uchratadi. Kurash sport turida yuksak maxoratga ega bo‘lish kurashchining chempion
bo‘lishdagi asosiy qadamlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. 1
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning o’qitishdan maqsad kurash turlarining kelib chiqish tarixi, texnikasi, taktikasi va kurash
turlarining qoidalarining nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirishdan iborat. Fanning vazifalari
talabalarda kurash turlarining texnikasi, taktikasi, ilmiy-tadqiqot ishlari, jismoniy sifitlari,
modellashtirish, o‘rgatish uslublari, tayyorgarlikning ko‘p yillik bosqichlari, mashg‘ulot o‘tkazish,
musobaqalarni tashkillashtirishga oid kasbiy-pedagogik malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda
shakllantirishga qaratilgan. Biroq kurashda sportchining taktikasi dastlab turlicha bo‘ladi statistik
ma’lumotlarga ko‘ra kurashchilarning taxmiman 85 % musoboqa vaqtida dastlab shu natijani
ko‘rsatkan. Shu tarzda dastlabki kirish taktikasini boshlab olshingiz lozim. Bu xar doim
musobaqadan 70 % o‘z ustingizdan ishlab, taktikani o‘zlashtirib olshingizga bog‘lik. Kurash
mavsumining o‘rtalarida kurashchilar taxminan 5 % oyoq xarakatlariga sariflaydilar. 2
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
“Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” o‘quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- kurash turlarining rivojlanish tarixi; kurash turlarida texnika va taktikasini tasnifini; texnik
va taktik tayyorgarliklarning ahamiyatini; dastlabki harakatlarga o’rgatish vosita, uslub va
tamoyillarini bilishi kerak;
- talaba kurash turlari bo‘yicha ilmiy ishlar to‘g‘risida tushuncha, kurash turlarida olib
boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlar, kurash turlari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishining tashkiliy-
uslubiy asoslari, sport kurashida ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy uslublarini bilish kerak;
- kurash turlarining texnikasi va taktikasiga oid harakat ko’nikmalariga; harakat texnikasiga
o’rgatishga oid vositalarni va uslublarni tanlay bilish va ularni me’yorlash ko’nikmasiga ega
bo’lishi kerak;
- talaba bajarilayotgan harakat texnikasi va taktikasini tahlil qilish; mashg‘ulotlarni va
musobaqalarni tashkil qilish hamda o‘tkazish; dars bayonnomasini tuzish, darsni to‘liq va alohida
qismlarini o‘tkazish; ta’lim muassasalarida kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarini tashkil qilish va
o‘tkazishga oid kasbiy-pedagogik malakalariga ega bo’lishi kerak;
-kurash turlarida saralash uslublari, sport kurashida tayyorgarlikning ko‘p yillik bosqichlari,
musobaqa foaliyatini pedagogik nazorat va tahlil qilish, sport kurashida mashg‘ulot yuklamalarini
nazorat va tahlil qilish uslublari, sport kurashida tiklanish vositalari, sport kurashida
modellashtirishni bilishi kerak. Kurash sportida pastan ko‘tarib olish komponentlariga kshp vaxt
ketadi. Ularning kurash matida bajarish lozim. Bu xududta muvoffaqiyatli xujum va qarshi
xujumlar rivojlantirib boriladi. Yaxshi taktikali kurashchi oyoqlarini chiroyli xarakatlantira oladigan
bo‘lishi lozim, shuningdek, raqibini ximoyasini yorib o‘ta olishi lozim. 3
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro
bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati fani talabalarga ixtisoslik fani deb hisoblanadi.
ko'rildi: 174, yuklab olindi: 74
Yuklab olish