Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Ilm - kambag'alga boylik, boyga esa ziynatdir!
Ali ibn Abu Tolib
Xalifa
Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
Asqad Mukhtor
Adib
Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.
Sa’diy Sheroziy
Shoir, adib va mutafakkir
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
KASBIY PSIXOLOGIYA
Muallif: O.E. Hayitov N.Sh. Umarova
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016
Mamlakatimizda yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis-kadrlarni tayorlash jarayonida
psixologiya fanining roli va o’rni beqiyosdir.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining
mohiyati to’laqonli ochib berilgan.
Mazkur o’quv dasturda kasbiy psixologiya fani asoslari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar
berishga oid masalalar qamrab olingan bo’lib, ularning inson kamolotida tutgan o’rnini yoritib
berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bunda, psixologiyaning asosiy tushunchalari va shaxsning eng
muhim xususiyatlarini ochib berish ko’zda tutiladi.
Kadrlar salohiyati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga
ega. Shuning uchun mutaxassislarning kasbiy shakllanishini va ularning kamolotini ta’minlash
jamiyat oldidagi eng asosiy muammolardan biri sanaladi. Kasbiy ta’limni turmush bilan bog’lash,
uyg’unlashtirish, o’quvchilarning individual-tipologik, yosh davrlari xususiyatlari, texnik
qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki
har bir kasb-xunar shaxsdan ifodaviy zur berishni, aqliy jiddiylikni, chidam va sabr-toqatni talab
kiladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Bu yo’lda biz duch kelishimiz mumkin bo’lgan shunday
bir xavf borki, u ham bo’lsa, avvalambor erishilgan yutuqlarga mahliyo bo’lib, xotirjamlik
kayfiyatiga berilish, real voqyelikdan uzilib qolish xavfidir. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotining
samaradorligi va istiqboliga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin”.
Shu jihatdan ham Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
jarayonida“Mehnat psixologiyasi” fanining roli va o’rni beqiyosdir.
ko'rildi: 202, yuklab olindi: 1867
Yuklab olish