Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Alisher Navoiy
Shoir
Ilm - kambag'alga boylik, boyga esa ziynatdir!
Ali ibn Abu Tolib
Xalifa
Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hech bir zaxmatsiz etkazadi.
Abu Lays Samarqandiy
Qonunshunos va ilohiyot olimi
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
PSIXOLOGIYA TARIXI
Muallif: D.N. Arzikulov E.N. Sirliyev
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016
Har tomonlama kamol topgan yuksak ma’naviyatli mutaxassis kadrlarni tarbiyalashda,
uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o’ynovchi fan psixologiya tarixi fanining
mazkur dasturi talabalarni psixologiya fani tarixiy ahamiyati va mohiyatini o’rganishiga qaratilgan.
Shu sababdan ham mutaxassislarni zamon talabida tayyorlash uchun egallayotgan sohasini tarixini
chuqur bilishi davr talabi xisoblanadi. Tarixiy rivojlanish har bir fan uchun xos bo‘lib, u fandagi
yangi g‘oyalarning ildizi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda nnsonning o‘zi xaqidagi bilimlarini
yig‘ilib hamda chuqurlashtirib borishidir. Psixologiya fani tarixiga nazar solar ekanmiz, psixik
hayotni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish turli tarixiy davrlarda nazariy rang-baranglik bilan
kechganligini va psixikaning moddiy asoslari qanday tadqiqotlarda aniqlanganligini bilish imkoniga
ega bo‘lamiz.Bugungi kunda psixologiya tarixi psixologiyaning barcha sohalariga kirib borib turli
xil nazariyalarning shakllanishi, psixologik oqimlarning yuzaga kelishi xamda turli davrlardagi
psixologik maktablar g’oyalarini ochib berish talabalarda bilimlarni shakllantirish asosi hisoblanadi.
Shuning uchun xam mazkur kursni o’qitish muhim hisoblanadi.
“Psixologiya tarixi” fan sifatida hayotning turli bosqichlarida, fan va madaniyat taraqqiyoti
munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi, dastlabki psixologiya fani
qay tarzda taraqqiy etib, fanlar tizimi darajasiga ko‘tarilganligiga doir ma’lumotlarni qamrab oladi.
SHuningdek, psixologiya tarixi inson psixikasi va uning hozirga qadar taraqqiyoti haqida
chuqurroq, aniq ilmiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Ilmiy jihatdan esa bu fan, nazariy
malumotlarni o‘rganishda foydali bo‘lgan ilmiy metodlarni yaratishda ahamiyatli hisoblanadi.
ko'rildi: 201, yuklab olindi: 580
Yuklab olish