Oʻquv adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi 2017-yil 13-yanvardagi PQ-3271-son Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 355-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 8-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida sentabr oyidagi “Sport turlari boʻyicha trener oʻqituvchilari” yoʻnalishi tinglovchilari uchun yangi oʻquv hamda badiiy adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.