“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tashkil etilgan ushbu uchrashuvda filialning iyun oyi tinglovchilari, yosh xodimlari qatnashdi, yoshlar tomonidan taqdim etilgan taklif va loyihalar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

