Kafedralar

...

Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar kafedrasi

Begimqulov Zarif Axmadovich
Kafedra mudiri, p.f.b.f.d.(PhD)

 

+99890-503-62-77

 

 

 

Kafedraning vazifalari quyidagilardan iborat:

kafedralarning yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;

malaka oshirishning shakllari bo‘yicha davlat ta’lim talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalar asosida tinglovchilar bilan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazishni hamda ta’lim sifatini ta’minlash;

tarkibidagi pedagog xodimlar tomonidan shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarning bajarilishini ta’minlash;

darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish;

ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarilishi va ta’lim berish jarayoni vaqtida xodimlarining hayoti va sog‘lig‘idan xabardor bo‘lish;

kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

tinglovchilarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish hamda tinglovchilarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.

filial kafedralarining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Ilmiy salohiyat: Bugungi kunda kafedrada 17 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatib kelmoqda, ulardan: 1 nafari b.f.d., professor, 1 nafari f.f.d (DS), 4 nafari dotsent, 3 nafari f.f.d (PhD), 1 nafar katta o’qituvchi va 7 nafari oʻqituvchilarni tashkil etadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 56,8 % ni tashkil qiladi.

O‘quv–uslubiy ishlar: 2023-o‘quv yili yanvar-oktabr oylarida kafedrada 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy koʻrsatma, 27 ta videodarslar tayyorlandi.

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 2023-yil yanvar-oktabr oylari mobaynida OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida 15 ta, OAK etirof etgan xalqaro jurnallarda 11 ta, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda 9 ta, xalqaro konferensiyalarda 49 ta, jami 84 ta ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan kafedra professor- o‘qituvchilar:

1. Yaxyayeva Sojida Abduraximovna-13.00.01. Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan “Genderga yo‘naltirilgan ta’limni  tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar-pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Olimov, OAK byulletenining 2023-yil 2-soni);

2. Eshnazarova Farida Jo‘raqulovna-19.00.05. Psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan Sportchi emotsional holatini boshqarishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish mavzusida psixologiya fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar-psixologiya fanlari doktori, professor O.Hayitov.

3. Xudoyberdiyeva Xuriyat Karimberdiyeva-09.00.02. “ Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika)” ixtisosligidan Milliy yuksalish jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning manaviy-axloqiy muammolari mavzusida falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar-falsafa fanlari doktori, professor O.G‘aybullayev, OAK byulletenining 2022-yil 1-soni);

4. Mamarasulov Ulugʻbek Umirzoqovich-09.00.02. “Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika)” ixtisosligidan “O‘zbekistonda sport estetikasini rivojlantirishning falsafiy masalalari” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar-falsafa fanlari doktori, professor O.G‘aybullayev, OAK byulletenining 2021-yil 2-soni);

5. Ishonkulov Ashraf Kurbonkulovich-13.00.01. “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi” ixtisosligidan Malaka oshirish jarayonida jismoniy madaniyat oʻqituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha kasbiy kompetentligini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar-falsafa fanlari doktori, professor O.G‘aybullayev, OAK byulletenining 2022-yil 4-soni);

6. Pardayev Yunus Sobirovich-03.00.06 “Zoologiya” ixtisosligidan “Nurota Oq tog‘ tizmasi tog‘lari hududi buloq chashmalari gidrobiontlari faunasi va ekologiyasi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar-biologiya fanlari doktori, professor H.Boymurodov).

Kafedra dotsenti A.Abdumannotov Samarqand davlat universiteti huzuridagi Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli Ilmiy kengash qoshida tashkil etiladigan bir martalik Ilmiy seminar a’zosi hamda malakaviy imtihonlarni o‘tkazishda komissiya a’zosi sifatida ishtirok etib kelmoqda.