Bo'limlar

...

Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo‘limi

Danaboyev Xurshid Nafasovich
Boʻlim boshligʻi

 

+99893-343-22-87
Khurshid87@gmail.com

Umirzoqova Nasiba Ulug‘bek qizi

Bosh mutaxassis

 

+99888-707-71-70
nasibaumirzqova@gmail.com

 

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha davlat talablari (DT), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish;

bo‘limning yilllik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;

Samarqand filialida ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

Samarqand filiali tinglovchilari bilimlarining DTga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati monitoringini yuritish;

ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda filialda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

Samarqand filialining tarkibiy tuzilmalarida (kafedra, bo‘lim) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat  darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan  kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;

Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari tayanch  ma’lumotlarining  tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni filial direktoriga ma’lum qilish;

Samarqand  filialining  o‘quv  jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

ta’lim  jarayoni  moddiy-texnik  bazasi  holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

Samarqand filiali tinglovchilar amaliyotining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarini inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

tinglovchilar fikrlarini tahlil qilish  asosida filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayoni sifatini o‘rganish maqsadida xolislik, shaffoflik va sifat darajasini  baholash bo‘yicha tinglovchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

Samarqand filiali reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni filial rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Samarqand  filialining tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

professor-o‘qituvchilar  tomonidan dars mashg‘ulotlarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda bajarilishini tahlil qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va uning yuritilishini nazorat qilish va ta’minlash;

ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni markaz rahbariyatiga taqdim etish.

8. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Samarqand filialida ta’lim sifatini DT va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;

ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;

tinglovchilarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar)  bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

Samarqand filiali professor-o‘qituvchilarini tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni filial direktoriga ma’lum qiladi;

o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli  takliflarni beradi;

Samarqand filiali tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, filialning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik echimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, sport federatsiyalari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

Samarqand filiali ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;

Samarqand filiali axborot-resurs instituti fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar salmog‘ini aniqlaydi;

professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

tinglovchilarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

Samarqand  filiali  rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi;

Samarqand  filialining tarkibiy tuzilmalarida (kafedra, bo‘lim, filial) pedagog  xodimlarning  kasbiy malakasi holatini, shuningdek malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni filial direktoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi;

Samarqand filialida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va tinglovchilar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

Samarqand filiali reytingini xalqaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayoniga tatbiq etishda filial rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

Samarqand filialida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni filial rahbariyati hamda pedagogik kengashga taqdim etadi.