Elektron kutubxona
Kutubxona bo'limlari
Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.
Sa’diy Sheroziy
Shoir, adib va mutafakkir
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Alisher Navoiy
Shoir
Ilmsiz din ko‘r, dinsiz ilm oqsoqdir.
Albert Eynshteyn
Olim
Alisher Navoiy asarlar to'plami
Kutubxonadigi jami kitoblar soni: - 546
SPORTDA MATEMATIKA
Muallif: Vafoyev B.R. Kazoqov R.T. Rajabov Sh.B.
Nashriyot: O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
Chop etilgan yili: 2016
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligiga erishgan kundan so`nggi davr ichida ta`lim
sohasida erishilgan eng noyob kashfiyotlardan biri Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan va ayni vaqtda izchillik bilan hayotga bosqichma-bosqich tatbiq etilayotgan “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”dir. Aynan ushbu dastur tufayli mamlakatimizda faoliyat ko`rsatib
kelgan ta`lim tizimi ko`p bosqichli va uzluksiz ta`lim maktabiga aylandi.
Xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
usullarini takomillashtirish turli matematik g`oya hamda usullarni qo`llanishini taqozo etadi.
Matematika fan va texnika tili bo`lgani uchun har bir mutaxassisning ijodiy va amaliy faoliyatida
muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari hozirgi davrda hisoblash texnikasining turli
vositalari insoniyat faoliyatini turli sohalarida keng ko`lamda ishlatilayotgani matematika
fanining tatbiqlarini yanada kengaytirishga yo`l ochib bermoqda.
Oliy ta`lim muassasalari uchun matematikadan uzviylashtirilgan dastur mustaqil
diyorimizning iqtisodiy, jismoniy, madaniy, ma`rifiy va ma`naviy rivojlanish dinamikasini
talabalar ko`z oldida namoyon etish va ular ongiga singdirishga xizmat qiladi. O`zbekiston
Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Davlat ta`lim
standartlari talablaridan kelib chiqqan holda “Sportda matematika” fanini o`qitishning umumiy
maqsad va vazifalari aniqlanadi.
Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartlariga ko`ra “Sportda matematika” fani jismoniy
tarbiya va sportda matematik hisoblashlarni bajarish bo`yicha bilim, malaka va ko`nikmalarni
tizimli shakllantirishga yo`naltirilgan.
ko'rildi: 170, yuklab olindi: 324
Yuklab olish