Yangiliklar

...

14-fevral—Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni

Kitob-zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi ziyo kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga roʻshnolik kiritib, ezgu tuygʻularni uygʻotmoqqa qodir.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining Axborot-resurs markazida 2024-yil 14-fevral kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan 14-fevral-“Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni”ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida Samarqand shahri Qo‘shbaqolli mahallasida istiqomat qiluvchi eng faol o‘quvchilarga badiiy kitoblar ulashildi.