Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasiga sayohat
2025-yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Qarshi shahri Gulshan MFYda joylashgan XIV asrga oid madaniy meros obyekti - Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.
Mazkur qadamjo necha zamonki o‘zining bebaho merosi, bir-birini takrorlamaydigan jihatlari bilan bizga uzoq o‘tmishdan sirli va sehrli hikoyalar so‘ylab kelayotir.
Tinglovchilar sayohatdan bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

