Yangiliklar

...

Afro‘za Xamdamova tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish yo‘nalishi “Shaxmat” guruhi tinglovchilari uchun Oʻzbekiston tarixida jahon chempionatida gʻolib boʻlgan birinchi ayol shaxmatchi, 2022-yildan ayollar o‘rtasida FIDE sport ustasi, 2024-yildan ayollar o‘rtasida xalqaro sport ustasi hamda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi, shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori, yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni, ayollar o‘rtasida xalqaro grossmeyster (WGM), maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘z yosh toifasida 14 karra O‘zbekiston chempioni, Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Afro‘za Xamdamova tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.