Anjumanga tashrif
Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali tomonidan tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish: dolzarb muammolar, innovatsion yechimlar va kelajak strategiyalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga tashrif buyurayotgan mehmonlar kutib olinmoqda.
Anjumanda ishtirok etish uchun yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, olimlar va tadqiqotchilarni kutib olish jarayonlari davom etmoqda.




