Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitishni tashkil etish boʻlimi
|
Ishonkulov Ashraf Kurbonkulovich Boʻlim boshligʻi
|
||||
|
Sayitov Kahramon Sayfidinovich Bosh mutaxassis
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitishni tashkil etish boʻlimining vazifalari quyidagilardan iborat:
boʻlimning yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini taʼminlash;
filialda tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, filial rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida boʻlishini taʼminlash shuningdek monitoringini yuritish;
filialdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini toʻgʻri ishlashini nazorat qilish, kompyuterlarni texnik koʻrikdan oʻtkazib turish va taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha masofaviy oʻqitish tizimi va multimediali taʼlim resurslarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, muntazam boyitib borilishini taʼminlash;
filial tarkibiy boʻlinmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jihozlash, sotib olish boʻyicha takliflar kiritish;
axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bogʻliq tovar
va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish;
masofaviy oʻqitish boʻyicha olib boriladigan barcha ishlarga hamda masofaviy oʻqitishni tashkil etish boʻyicha mahalliy va chet el oliy oʻquv yurtlari bilan aloqalar oʻrnatish;
malaka oshirish kurslari masofaviy taʼlim platformasini doimiy ravishda tegishli uslubiy materiallarni joylashtirib borish, doimiy takomillashtirib borish;
lokal tarmogʻiga portal boʻyicha jami maʼlumotlarni kiritish va tahlil qilish, institut va filiallar oʻrtasida elektron hujjat aylanishi boʻyicha dasturlarni joriy etish choralarini koʻrish, elektron pochta manzillari yaratilishi va undan doimiy foydalanishini monitoring qilib borish;
filial mol-mulklarining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
filial faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitishni tashkil etish boʻlimining zimmasiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.