Axborot-resurs markazi
Boboyarova Nilufar Saydullayevna
|
Axborot-resurs markazining vazifalari quyidagilardan iborat:
Filial kutubxonasining istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini ta’minlash;
axborot-resurs markaziga taalluqli normativ hujjatlar va texnologiyalarni ishlab chiqishda va ularni amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etish;
elektron bazadan foydalangan holda, axborot-resurs markazi xizmati ko‘rsatishning yangi turlaridan foydalanishni ta’minlash;
tinglovchilarning talabiga muvofiq adabiyotlar berilishi va qabul qilishini amalga oshirish, qoniqtirilmagan so‘rovlarning tahlilini olib borishda uning yo‘nalishi va texnologiyasiga muvofiq ravishda axborot-kutubxona ishi jarayonlari bilan ta’minlash faoliyatini bajarish;
tinglovchilarga bibliografik ma’lumot va axborotlar etkazib berish;
tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish va tinglovchilarga etkazish;
tinglovchilarni yangi asarlardan individual va jamoaviy tarzda xabardor etish;
filial tinglovchilarining mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish
filial xodimi, tinglovchilar va pedagoglar jamoasi orasida milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni, sportning yutuqlari, ilg‘or ta’limiy tajribalar yoritilgan manbalarni keng targ‘ib qilish;
filial tinglovchilarining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish;
axborot-resurs markaz xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, uni texnik jihozlash bo‘yicha markaz direktoriga taklif kiritish;
tinglovchilar uchun konferensiyalar, seminarlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
kutubxona kirim qilingan kitob va gazeta-jurnallarni saqlanishi, tinglovchilarning foydalanishi uchun sharoit yaratish;
filial o‘qituvchilari, barcha xodimi va tinglovchilariga zamonaviy kutubxona hamda axborot-resurs xizmati ko‘rsatish;
filial xodimi, tinglovchilar va pedagoglar jamoasi orasida milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni, sportchilarning yutuqlari, ilg‘or sport maktablari tajribalari va xalqaro sport arenalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan taniqli sportchilar haqidagi manbalarni keng targ‘ib qilish uchun imkoniyatlar yaratish foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida axborot-resurs markazlari va kutubxonalar bilan hamkorlik olib borish;
markazning internet tarmog‘idagi veb-resurslarini doimiy tarzda yangilab borilishini ta’minlash;
internet tarmog‘i orqali turli forumlar o‘tkazish ishlarini amalga oshirish;
o‘quv-uslubiy majmualar, elektron darsliklar, video darsliklarni axborot-resurs markazi fondiga kiritib borish;
mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish;
filial mol-mulkining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
filial faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;
Kutubxonaning zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.