“Boksdagi erishilayotgan yutuqlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2026-yil 8-iyun kuni Samarqand filialida tinglovchilar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy hamda sport-tarbiyaviy tadbir tashkil etildi. Filialning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti R. Sohibnazarov tashabbusi bilan boks guruhi tinglovchilari ishtirokida “Boksdagi erishilayotgan yutuqlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirning faxriy mehmoni sifatida boks bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Rustam Aliyev ishtirok etdi. Davra suhbati davomida mehmon so‘nggi yillarda mamlakatimiz boks sporti rivoji, xalqaro musobaqalarda o‘zbekistonlik bokschilar tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar hamda yosh sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
