Yangiliklar

...

Book Cafe: “Munavvar Qorining so‘ngi nidosi” asari

2026-yil 15-may kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida rektorat yigʻilishida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan “Book cafe” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda filial xodimi F.Sonniboyev tomonidan Abbos Said qalamiga mansub “Munavvar Qorining so‘ngi nidosi” asari haqida so‘z yuritildi.

Asarda jadid ma’rifatparvari Munavvarqori Abdurashidxonovning hayoti, millat uchun qilgan xizmatlari va fojeali taqdiri yoritiladi. Asar tarixiy-biografik ruhda yozilgan bo‘lib, unda jadidlarning xalqni ilm-ma’rifatli qilish yo‘lidagi kurashi aks etadi.