Buxgalteriya boʻlimini
Buxgalteriya boʻlimining vazifalari quyidagilardan iborat:
boʻlimning yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini taʼminlash;
filialning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qilish boʻyicha ish rejalari loyihasini tayyorlash, tasdiqlatish hamda ijrosini taʼminlash;
xarajatlar smetasini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
filialning yillik ish rejasini shakllantirishda qatnashish;
tasdiqlangan ish rejalarini oʻz yoʻnalishi boʻyicha bajarilishini nazorat qilib borish;
filialga ajratilgan byudjet mablagʻlarining ishlatilishini nazorat qilish;
filial mulklarini hisobga olish va hisobdan chiqarish, ularni saqlanishini taʼminlash ishlarini amalga oshirish;
filialning byudjetdan tashqari mablagʻ topish faoliyatini tashkil etish va ushbu mablagʻlarning amaldagi qonunchilikka muvofiq sarflanishini nazorat qilish;
byudjetdan tashqari mablagʻ topish boʻyicha servis xizmati faoliyatini rivojlantirish;
filial mulklarini hisobga olish va saqlanishini taʼminlash, yaroqsiz boʻlganlarini hisobdan chiqarish ishlarini nazorat qilish;
filialning xoʻjalik obyektlarini tartibga solish va saqlanishini nazorat qilish;
boʻlimlar, oʻquv xonalari, tinglovchilar turar-joylari hamda boshqa binolarni zarur jihoz va asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
filial hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, oʻziga boʻysunuvchi tegishli boʻlinma hamda texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishini nazorat qilish;
xodimlar, tinglovchilar sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish;
filial faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash;
buxgalteriya hisobini amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritish, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini taʼminlash;
byudjet mablagʻlarining, shuningdek byudjetdan tashqari mablagʻlarning xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligini taʼminlash;
filialda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini oʻz vaqtida hisoblab chiqish va toʻlanishini taʼminlash;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan toʻgʻri foydalanilishini amalga oshirish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
filial direktori tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini taʼminlash;
buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlarining, shuningdek xarajatlar smetalarining saqlanishini taʼminlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini taʼminlash;
filial mol-mulkining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash.
Buxgalteriya boʻlimi faoliyati haqida filial direktoriga hisobot berib borish.
Buxgalteriya boʻlimining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.