"Dzyudo" sport turi bo'yicha mahorat darsi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida 2024-yil 22-fevral kuni kasbiy faoliyati natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan fevral oyi malaka oshirish kursi dzyudo guruhi tinglovchisi To‘raqulova Dildora Erkinovna tomonidan “Dzyudo sport turida Kumi kata (qo‘lga olish) bilan ishlash texnikasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsiga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Samandarov, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Saydullayev hamda guruh tinglovchilari ishtirok etdilar.