
Hamkorlik doirasida
Joriy yilning 21-fevral kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilariga A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari – ilmiy-metodika xizmati bosh mutaxassisi I.Shamsiyeva, elektron kutubxona sektori mudiri F.Akbarovalar tomonidan viloyat axborot-kutubxona markaziga kelgan yangi adabiyotlar targ‘iboti tashkil etildi hamda xorijiy ilmiy bazalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.