Yangiliklar

...

Hamkorlik_doirasida_uchrashuv

2026-yil 12-iyun kuni Institutning Samarqand filiali hamda O‘zbekiston Penchak silat federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda sport ta’limi va ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirish, penchak silat sport turini ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Jizzax davlat pedagogika universiteti professori F.Axmedov, Institutning Samarqand filiali dotsenti J.Axmedov hamda O‘zbekiston Penchak silat federatsiyasi a’zolari O.Nasimjonov va B.Alimovlar hamkorligida tayyorlangan uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qo‘llanma murabbiylar hamda mutaxassislar uchun amaliy va nazariy manba sifatida xizmat qiladi.

Taqdimot yakunida mualliflar tomonidan uslubiy qo‘llanma Samarqand filialining Axborot-resurs markaziga topshirildi.