Yangiliklar

...

Har payshanba «Yoshlar kuni»

2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tashkil etilgan ushbu uchrashuvda filialning aprel oyi tinglovchilari, yosh xodimlari qatnashdi, yoshlar tomonidan taqdim etilgan taklif va loyihalar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Oʻzbekiston tarixida jahon chempionatida gʻolib boʻlgan birinchi ayol shaxmatchi, Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Afro‘za Xamdamova ushbu uchrashuvda qatnashdi, sportchi tomonidan sport sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar e’tirof etildi.