“Jamoaviy sportda pedagogik kompetensiyaning roli” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi
2025-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti S.Yaxyayeva tomonidan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari guruhi tinglovchilariga “Jamoaviy sportda pedagogik kompetensiyaning roli” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etildi.
