Yangiliklar

...

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy imtihonlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining 2026-yil 1-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining amaliy imtihon jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 01/294-A/F-son buyrug‘i asosida Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy imtihonlar davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Samarqand filial professor-o’qituvchilari mazkur imtihonlarning shaffofligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida yaqindan kuzatib bormoqda.

Ushbu sport normativlarni topshirish va 8 ta sport turidan amaliy ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish jarayonlari 18-mayga qadar davom etadi.