Kafedralar

...

Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Axmedov Jaxon Kuldashovich
Kafedra mudiri, dotsent

 

+99897-408-25-07

axmedov.76.20@mail.ru

 

 

Kafedraning vazifalari quyidagilardan iborat:

kafedralarning yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;

malaka oshirishning shakllari bo‘yicha davlat ta’lim talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalar asosida tinglovchilar bilan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazishni hamda ta’lim sifatini ta’minlash;

tarkibidagi pedagog xodimlar tomonidan shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarning bajarilishini ta’minlash;

darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish;

ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarilishi va ta’lim berish jarayoni vaqtida xodimlarining hayoti va sog‘lig‘idan xabardor bo‘lish;

kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

tinglovchilarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish hamda tinglovchilarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.

filial kafedralarining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Ilmiy salohiyat: Bugungi kunda kafedrada 19 nafar professor-oʻqituvchilar va 1 nafar kabinet mudiri faoliyat koʻrsatib kelmoqda, ulardan: 2 nafari b.f.d., professor, 1 nafari p.f.n., dotsent, 4 nafari f.f.d(PhD)., dotsent 2 nafar katta o‘qituvchi va 11 nafari o‘qituvchilarni tashkil etadi.

Hozirgi paytda kafedraning ilmiy salohiyati kafedrada faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar shtat birligiga nisbatan 47.6% ni tashkil qiladi.

O‘quv-uslubiy ishlar: 2023-o‘quv yili yanvar-oktyabr oylarida kafedrada 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 5 ta uslubiy qo‘llanma 8 ta uslubiy koʻrsatma, 13 ta namunaviy dastur, 42 ta videodarslar tayyorlandi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari: Bugungi kunda kafedrada 5 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmoqda, ulardan 4 nafarining ilmiy-tadqiqot mavzusi OAK byulletenida tasdiqlangan hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

1. J.Axmedov-13.00.01.Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi “Kurash sporti orqali o‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish va takomillashtirish usullari” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (Ilmiy rahbar- pedagogika fanlari doktori, professor  N.S. Kiyamov, OAK byulletenining 2021-yil 1-son);

2. O.A’zamxonov-13.00.04. Jismoniy tarbiya sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi O.A’zamxonov O‘ZDJTU tadqiqotchisi 13.00.04. “Kurash bo‘yicha murabbiylarni kasbiy mahoratini rivojlantirish mexanizimlarini takomillashtirish” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (2021-yil OAK. 1-son byulletenda e’lon qilingan) ilmiy rahbari pedagogika fanlari doktori professor R.Salomov bilan ilmiy faoliyat olib borilmoqda.

3. S.Kobilov-13.00.01. Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi JDPI tatqiqotchisi “O‘zbek xalq og‘zaki na’munalarida shaxs jismoniy barkomolligi talqini masalalari” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (2021-yil OAK. 4-son byulletenda e’lon qilingan) ilmiy rahbari pedagogika fanlari nomzodi professor F.Q.Axmedov.

4. F.Qosimov -13.00.01. Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi JDPI tatqiqotchisi 13.00.01.  “Jismoniy madaniyat o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish texnologiyasi (qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida)” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun (2021-yil OAK. 4-son byulletenda e’lon qilingan) ilmiy rahbari pedagogika fanlari nomzodi professor Rafiyev H.

5.Abdakimov Utkir Abduraupovich- 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. Kopirativ  o‘qtiish texnlogiyalari vositasida talabalarning mustakil ta’limini tashkil etishning pedagogik mexanizimlarini takomillashtirish.  Oliy ta’limni rivojlantirish tadkikotlar va ilg‘or texnologiyalar tatbiq etish markazi. Xadjayev Bekzod Xudoyberdiyevich.

Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor  o‘qituvchilari tomonidan 2023 yil yanvar-oktabr oylaridaida Respublika jurnallarida 2 ta, chet el jurnallarida 7 ta, Respublika anjumanlarida  2 ta, xalqaro anjumanlarda 24 ta  maqolalari   jami 35 ta ilmiy maqola  nashr etilgan.