Kadrlar bo‘limi
|
Pardayev Yunus Sobirovich Kadrlar bo‘yicha inspektor
|
Kadrlar bo‘limi vazifalari quyidagilardan iborat:
bo‘limning yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
filial direktorining ko‘rsatma va buyruqlarini bajarish;
filialda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlarini yuritish va ulardagi ma’lumotlarni yangilab borish;
xodimlarning mehnat ta’tillaridan o‘z vaqtida foydalanishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
ish jarayonida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni mukofotlash hamda ularni rag‘batlantirishning boshqa turlarini qo‘llash yuzasidan filial direktoriga takliflar kiritish;
xodimlarni mehnat intizomiga rioya etishini nazorat qilib borish;
o‘z ish faoliyati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash, filialda o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etish;
amaldagi qonunchilikka muvofiq filialda kadrlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish bo‘yicha buyruqlarni, shuningdek ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish;
xodimlarning mehnat qilishi va malakasini oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratishda, ularni attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ichki tartib qoidalarga rioya qilinishini ta’minlashda qatnashish;
filial mol-mulkining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash.
Kadrlar bo‘limining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.