“Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2026-yil 8-iyun kuni Institutining Samarqand filialida “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish, halollik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir tinglovchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
