
Mahorat darsi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 18-fevral kuni Samarqand filialida kasbiy faoliyati natijalariga ko‘ra yuqori ball to‘plagan fevral oyi malaka oshirish kursi jiu-jitsu guruhi tinglovchilari Sh.Gʻafforov, S.Sattorovlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Ushbu mahorat darsiga filialning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va guruh tinglovchilari ishtirok etdilar.